"Diabet Maktabi" o’quv sayti qandli diabetni to'g'ri va xavfsiz nazorat qilish, to'g'ri ovqatlanish va jismoniy yuklamalarni asoratlarsiz bajarish bo'yicha ta'lim beradi.
Loyiha Novo Nordisk kopmaniyasi ko'magi bilan O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi, O'zbekiston endokrinologlar milliy uyushmasi va Akademik Y.X. To'raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi o'rtasida imzolangan memorandum doirasi asosida amalga oshirilmoqda.
"Diabet Makatibi" loyihasining maqsadi - qandli diabetni to'g'ri nazorat qilish va to'laqonli mukammal hayot bilan yashashni o'rgatadigan ta'lim platformasini yaratishdir.
Foydali materiallar bolalar, o'smirlar va ularning atrofdagilari (ota onalar, qarindoshlar, maktab o'qituvchilari, sinfdoshlar, tibbiyot xodimlari)ni ma'lumotlar bilan ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan.
Materiallar O'zbek va Rus tillarida O'zbekistonning madaniyati hamda ananalariga ko'ra tanlangan va moslashtirilgan.
Saytda to'g'ri ovqatlanish, jismoniy faollik, qondagi qand miqdorini o'lchash haqida foydali maslahatlar joylashtirilgan.
Diabetni bilimi tarzda nazorat qilish, to'g'ri ovqatlanish, jismoniy yuklamalarni to'g'ri qo'llash bo'yicha aholining ta'limga ega bo'lishi - bolalar va o'smirlarning diabetni profilaktika qila olishi va u bilan asoratlarsiz mukammal hayot kechira olish imkonini beradi.
Ushbu o'quv sayti diabetik bemorlar va ularning atrofdagilari uchun yaratilgan:
• ota onalar, yaqin qarindoshlar
• maktab o'qituvchilari, sinfdoshlar
• tibbiyot xodimlari
• keng jamoatchilik vakillari (jumladan OAV kanallari)